среда, 6 июля 2016 г.

Vatanni Sevmoq Iymondandur

            




          Dunyoda shunday muqaddas dargoh bor ekanki  u hattoki  Onaga qiyoslangan dargoh bu Vatan demakdir.  Vatan bu so’zni eshitkanda  qalbimizning tub  tubidan  faxr, ishonch,sog’inch  va mehr-muxabbat xislari jo’sh uradi. Men shuni aytib o’tkan bo’lardimki kimki yani  millati, dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi davlat fuqarosi bo’lishligidan qat’iy nazar o’z Vatani haqida kuylangan qo’shiq yoinki  Vatani haqida aytilgan iliq so’zlar, qolaversa  erishgan va erisha olmagan yutuqlari haqida eshitib ko’zlariga yosh olgan  insonlar bilan  men g'urur bilan ayta olamanki bunday insonlar bilan zamondosh ekanligimdan faxrlanaman.                

           

воскресенье, 14 февраля 2016 г.

"Eng oliy ne'mat Tinchlikni qadriga yetaylik aziz yurtdoshlar"


        Eng oliy ne'mat  tinchlik – bebaho ne’mat. Bugun buni barchamiz dildan his qilib turibmiz. Chunki horij davlatlarida sodir etilayotgan qo’poruvchilik ishlari,  terrorchilarning hunrezliklari necha insonlar yostig’ini quritmoqda.  Bolalarni ota-onalaridan, yaqinlaridan ayirmoqda. Boshpanasiz, och-nahor qolishlariga sabab bo’lmoqda.
         Shukurki, Vatanimizda tinchlik hukmron. Yurtboshimizning oqilona siyosatlari tufayli har bir fuqaro  baxtiyor hayot kechirmoqda.   Ularni qadrlash, qadriga yetmoqlik, o’sib kelayotgan avlodga ham buni tushuntirmoqlik har birimizning burchimizdir.Ularni Vatanparvarlik ruxida vatan tuyg'usini xis etkan holda voyaga yetqizmog'imiz kerak.
Vatan tuyg`usi shunchalar muqaddaski, bu so`zni eshitganingizda qalblarimiz g`urur va iftixorga to`ladi. O`z navbatida “Muqaddas” so`zi – sajdagoh maqomini anglatadi. Davlat madhiyasi shunchalar ta’sirliki, u yangraganda beihtiyor qaddingni roslaysan  va qo`ling ko`ksingga intiladi. Millat bayrog`i shunchalar ulug`vorki, u boshing uzra hilpiraganda osmon sari mag`rur boqasan va ko`zingda yosh qalqiydi. Davlat timsoli shunchalar teranki, unda sening ezguliging va bag`rikengliging in’ikosini sezasan.
          Yurtboshimizning istiqlolni asrash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilish, farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan hartomonlama sog`lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasidagi da’vatlari doimo qalbimizda aks sado berib, bizni yuksak marralar sari chorlab, barcha intilishlarimiz uchun tog`dek tayanch bo`lib turadi.. Ushbu hayajonlar vujudingni kezarkan, demak sen VATANINGNI so`zsiz SEVASAN va SADOQAT bilan xizmat qilasan. Mardlik – elga sadoqat. Bu baxtdir...!    
       “Yagonasan, muqaddas  Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go`zal O`zbekistonim” shiorida hikmat ko`p. Bu shior o`zi uchun yagona, muqaddas va sevgi-muhabbati to`lib toshgan sodiq farzanlarning go`zal ona Vatanga murojati. Darhaqiqat, O`zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning g`oyalari, tashabbuslari va bevosita rahnamoligi ostida 24 yil mobaynida olib borilgan barcha islohotlar, dasturlar, rejalar va sa’y-harakatlarning bosh mezoni-ularning inson hayoti, farovonligi, xavfsizligi va orzu-umidlarini ro`yobga chiqarishga qaratilganligi bo`lib kelmoqda. Biz nimaniki rejalashtirmaylik, nimaniki amalga oshirmaylik, nimagaki intilmaylik-barchasining bosh maqsadi inson va uning bahtli hayotini ta’minlashdan iborat.
          El-yurt ozodligi va obodligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqini o`ziga dasturulamal qilib olgan xalqimiz, o`z milliy, tarixiy, ma’naviy va diniy an’analari, urf-odatlari va e’tiqodlariga sadoqat ila 24 yil mobaynida yangilash va yaratish yo`lidan bormoqda. Davlatimiz, siyosatimiz va islohotlarimizning ilhomchisi, bosh me’mori va rahnamosi hisoblanmish muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov boshchiligida xalqimiz buyuk kelajak yo`lida, hech kimdan kam bo`lmagan, ta’bir joiz bo`lsa mana-man degan buyuk millatlarga ham o`rnak bo`lib, o`zining eng yangi tarixi zarvaraqlariga yangi-yangi yutuqlar va rejalarni oltin harflar bilan yozib kelmoqda. Zero, biz buyuk davlat va millat vorislarimiz, va yanada buyukroq davlat quramiz va bugungi buyuk millatlar qatoridan qayta o`rin olishimiz muqarrardir!
          Mana, yigirma to'rt yildirki, halqimiz buyuk taraqqiyot yo`lidan og`ishmay bormoqda. Mehnatkash va mehmondo`st, saxovatli, bag`ri keng, ma’naviyati yuksak va olijanob xalqimiz o`z oldiga, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida belgilanganidek, demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati barpo etish maqsadini qo`ygan. Bu ulug` maqsad yo`lida barcha sohalarda keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
          Vatanimiz bosib o`tgan 24 yil tarixan juda qisqa bo`lishiga qaramay, uning xalqimiz, millatimiz va davlatimiz taqdirida tutgan o`rni beqiyosdir. Mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo`qki unda mustaqillikning o`rni, ahamiyati va shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo`qki uning hayotida mustaqillikning ijobiy samarasi, uning orzu-umidlarida mustaqillikning ilhomi va kelajak rejalarida mustaqillikning daxli aks etmagan bo`lsa. Binobarin, mustaqillik bugungi tinch va osuda hayotimiz, to`kin va farovon dasturxonimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi. Ushbu g`urur va iftixor tuyg`usi esa uning qo`lga kiritilishi va mustahkamlanishida barchamiz va har birimizning daxldor ekanligimiz bilan yanada teran, yanada ma’nodor va yanada beg`ubordir.
           Ayrim kimsalar borki ular tinchligimizning qadriga yetmay noshukurlik qilishmoqda.Ularning og'zida doim bir gap horijda unaqa, horijda bunaqa  chet davlatlarida qanday voqealar bo'layotganligini televideniya , internet  orqali o'z  ko'zlari bilan ko'rib turibdi lekin ayrim Vatanimiz tinchligini ko'ra olmaydigan g'alamislarning so'zlariga aldanib kindik qoni to'kilib, tug'ulib o'sgan, uni  tarbiya qilib voyaga yetkazgan yurtga nisbatan, xoyinlik qilishmoqda.Bunday insonlarni nima deb atash mumkin?
       O'zga yurtlarda bo'layotgan hodisalardan xulosa chiqarib yurtimiz tinchligi yo'lida barchamiz o'z hissamizni qo'shaylik!

суббота, 13 февраля 2016 г.

Siyosiy Hokimyat


Siyosiy hokimiyat
Siyosatshunoslikning asosiy masalasi „hokimiyat“ bo‘lib, bu atama juda ko‘p ma’nolarga ega.Tabiatshunoslar tabiat ustidan hukmronlik qilish haqida, iqtisodchilar xo‘jalik hokimiyati haqida, huquqshunoslar davlat hokimiyati haqida, pedagoglar esa ota-onalarning o‘z farzandlari ustidan hukmronligi haqida so‘z yuritadilar.
Hokimiyat siyosatning asosini tashkil etadi.Shu sabab doim insoniyatning diqqatini tortib kelgan.Nikkolo Makiavelli siyosiy hokimiyatning davlat hokimiyati sifatidagi mohiyatini asoslab berdi.
Uning fikriga ko'ra, davlat siyosatining asosiy maqsadi har qanday vositalar bilan o'z hokimiyatini kuchaytirishdan iborat. Hokimiyatning quroli  va  huquq asosi — „yaxshi qonunlar“ va „qudratli qo‘shin“. Hokimiyat — odamlarning ehtiroslarini jilovlashga va ularda fuqarolik fazilatlarini tarbiyalashga qodir bo'lgan kuch. N.Makiavelli davlat hokimiyati u yoki bu sinfning qo'lida bo'lishi kerak emas, balki davlatni tashkil etuvchi barcha unsurlarni o'zida birlashtirishi lozim, deb hisoblagan. N.Makiavelli tanqidchilari “uning hokimiyatni saqlashda barcha vositalar yaxshi”,  degan tamoyilini keskin tandqid qiladilar va uni hokimiyatning kuch-qudrat resurlariga haddan ziyod e‘tibor berganlikda ayblaydilar.
Nemis faylasufi M.Veberning izohlashiga ko'ra, hokimiyat odamlarning odamlar ustidan ichki oqlangan zo'ravonlikka asoslangan hukmronligidir. Hokimiyatning asosiy vositasi – zo'ravonlik. Siyosat esa hokimiyatda ishtirok etishga intilishni anglatadi. M.Veber birinchi bo'lib hokimiyatning o'z xohish-irodasini o‘tkazish imkoniyati sifatidagi mohiyatini ochib berdi.
„Hokimiyat – alohida shaxslar, guruhlar, sinflar, davlatlar, millat yoki xalqlar bo’lishidan qat’iy nazar noteng tomonlardan biri bo’lgan hukmron tomonning unga tobe – bo’ysunuvchi ustidan hukmronlik qilishidir. Hokimiyat uning egasiga o‘z xohish-irodasini amalga oshirishiga imkon beradi, hokimiyat egasi bo’ysunuvchi tomonga ta’sir o’tkazib, o’z maqsadiga erishadi.“  Hokimiyat insoniyat paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Faqat tarixiy jarayonlar silsilasi insoniyat evolyutsiyasi tufayli turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Hokimiyatning asosiy turlari esa iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, harbiy, diniy, ma'naviy, oilaviy hokimiyatlardir.
Siyosiy hokimiyat nima? „ Siyosiy hokimiyat — u yoki bu vosita: obro', huquq, zo'rlik yordamida xalq irodasini amalga oshirish, kishilarning faoliyati, xulq-atvoriga belgilovchi ta'sir ko'rsatish qobiliyati va imkoniyatidir.“   Ya’ni u siyosat subyektlarining siyosatda ifodalangan irodasini turli yo‘llar, usullar va vositalar yordamida amalga oshirish faoliyatining o‘ziga xos shaklidir. U jamiyat hayotida alohida o‘rinni egallaydi. Bu shu bilan belgilanadiki, siyosiy hokimiyat jamiyat va davlat hayotini bir butunligicha va yaxlitligicha qamrab oladi, uni yo‘naltiradi hamda tartibga soladi, hokimiyatning boshqa ko‘rinishlarini birlashtiradi, ularni xalq manfaatlariga bo‘ysundiradi. Jamiyat hayotini siyosiy hokimiyatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Siyosiy hokimiyat bir qator belgilarga ega bo‘lib, ularning asosiylari
quyidagilardir:
– legalligi, ya’ni davlat miqyosida oshkora, ochiq ravishda kuch
ishlata olishi;
– qarorlarining har qanday boshqa hokimiyat uchun majburiyligi,
istagan ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olishi. Siyosiy hokimiyatning qudratli korporatsiyalar, OAV va boshqa muassasalarning ta’sirini, agar bu ta’sir qonunga zid bo‘lsa, cheklashi yoki ularni umuman tugatishi mumkinligi;
– ommaviyligi, ya’ni umumiyligi va shaxssizligi. Buning ma’nosi shuki, siyosiy hokimiyat kichik, kontakt guruhlarda bo‘ladigan shaxsiy hokimiyatdan farqli o‘laroq, huquq yordamida barcha fuqarolarga butun jamiyat nomidan murojaat qila oladi;
– bir markazliligi, ya’ni qarorlar qabul qilishda monotsentrik, yagona markazning mavjudligi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-axborot hokimiyatlari politsentrik, ya’ni ko‘p markazlidir. Bunda ko‘plab mustaqil mulkdorlar, OAV, ijtimoiy fondlar va boshqalar mavjud bo‘ladi;
– siyosiy hokimiyat imkoniyatlarining (resurslari) xilma-xilligi.
    Keng ma’noda hokimiyat imkoniyatlari individ yoki guruh boshqalarga ta’sir etish uchun foydalanadigan barcha narsani anglatadi. Tor ma’noda esa subyektning hokimiyat obyektiga ta’sir etishini ta’minlashda qo‘llaniladigan barcha vositalar tushuniladi. «Ijtimoiy ayirboshlash» nazariyasiga (P.Blou va boshqalar) ko‘ra hokimiyat asosida noyob imkoniyatlarning tengsiz taqsimoti yotadi. Imkoniyatlarga ega bo‘lmagan shaxslar ularni bunga ega bo‘lgan kishilarning farmoyishlarini (buyruqlarini) bajarishga almashtirishdan oladilar. Bu bilan ayrimlar boshqalarga bog‘liq holga tushib qoladilar, ularga bo‘ysunadilar. Siyosiy hokimiyat o‘z faoliyatida nafaqat majburlovchi, balki iqtisodiy, madaniy-axborot imkoniyatlari kabi hokimiyat manbalaridan ham foydalanadi.Siyosiy hokimiyat jamiyatda yakka holda emas, balki hokimiyatning quyidagi turlariga tayangan holda harakat qiladi:
– iqtisodiy hokimiyat iqtisodiy imkoniyatlar ustidan nazoratni, turli
moddiy ne’matlarga egalikni;
– ijtimoiy hokimiyat ijtimoiy zinapoyadagi mavqe (maqom, amal,
imtiyozlar)ni;
– madaniy axborot hokimiyati bilimlar, axborotlar va ularni tarqatish
vositalari yordamida kishilar ustidan hukmronlik qilishni;
– majburlash hokimiyati esa jismoniy kuch ishlatish yoki qo‘llash
tahdidi asosida odamlarni nazorat qilishni bildiradi.
Siyosiy hokimiyat turli ko'rinishlarda mavjud bo'ladi va faoliyat ko'rsatadi: davlat hokimiyati, partiya hokimiyati, mintaqaviy hokimiyat va hokazo. Ularning eng rivojlangani davlat hokimiyatidir.
Siyosiy hokimiyat hokimiyatning boshqa turlaridan katta farq qiladi.Siyosiy hokimiyat suveren bo’lib, u mustaqil va bo‘linmasdir.Masalan, mamlakatda koalitsion hukumat va ko‘p partiyali parlament bo‘lgan taqdirda ham siyosiy hokimiyat turli siyosiy kuchlarning kelishilgan siyosati orqali amalga oshiriladi.Siyosiy hokimiyatda muayyan siyosiy maqsad va dastur mavjud.Siyosiy hokimiyat subyektining ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi ta’siri mamlakat va uning tashqarisida umume’tirof etiladi.Siyosiy hokimiyat yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga to‘la ega bo‘lsagina, u siyosiy hokimiyat maqomiga ega bo‘ladi.Shunday qilib, siyosiy hokimiyatning maqsadi jamiyat va davlat hayotini tartibga solish hamda boshqarishdir. Biroq, siyosiy hokimiyat tomonidan amalga oshiriladigan tartibga solish va boshqarish fuqarolar erkinligini, qonun ustuvorligini ham ta’minlashi zarur. Shu bois,demokratik davlatda hokimiyatni tashkil etishning negizi, siyosiy-huquqiy,konstitutsiyaviy prinsip sifatida hokimiyatlar bo‘linishi tamoyiliga rioya qilinishi lozim. Zero, A. Gamilton aytganidek, «odamlar hokimiyatni yaxshi ko‘radilar, hokimiyatni ko‘pchilikka bering, ular ozchilikni eza boshlaydilar, hokimiyatni ozchilikka bering, ular ko‘pchilikni eza boshlaydilar. Shuning uchun ham hokimiyat ular o‘rtasida teng bo‘linishi va shunday bo‘linishi kerakki, toki har ikki tomon o‘zini boshqasidan himoya qila olsin». Shuning uchun bizning yurtimizda ham hokimiyatning bo’linish prinsipiga amal qilinadi.
Siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi murakkab jarayon bo‘lib, u to‘rt tarkibiy qism rahbarlik, boshqarish, tashkilotchilik va nazoratni o‘z ichiga qamrab oladi.Rahbarlik – jamiyat hayotidagi prinsipial ahamiyatli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qarorlarning maqsadi, vazifalarini, natijalarini aniqlashdir.Boshqarish – amaliy faoliyat bo‘lib, uni odatda ma’muriy apparat bajaradi. Tashkilotchilik – qabul qilingan qarorlarni amaliy faoliyatda bajarishda alohida odamlar, guruhlar, muassasa va tashkilotlarning kelishuvini, o‘zaro aloqasini tashkil etishni o‘z ichiga oladi.Nazorat – odamlar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida ijtimoiy normalarga rioya qilinishini amalga oshiradi.
Siyosiy hokimiyatning hukmronligi fuqarolar tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Aholining hokimiyatga ijobiy baho berishi, uning qonunga muvofiqligini, boshqarish huquqini tan olishi va ixtiyoriy tarzda bo‘ysunishga roziligi hokimiyatning legitimligini bildiradi. Fuqarolar tomonidan bunday tan olinishga hamma siyosiy hokimiyatlar ham erisha olmaydi.
Shuningdek, siyosiy hok
imiyat va davlatning suvereniteti kafolati bir-biriga uzviy bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, agar davlatda ikkalasidan biri yo’qolsa, o’z-o’zidan ikkinchisi ham yo’qoladi. Masalan, AQSh Prezidenti Nikson uotergayt ishi bo’yicha tergov ishlarini blokirovka qilish yo’li bilan hokimiyat tepasida qolishga harakat qilganida nima sodir bo’lar edi? Albatta, AQShda bunday hukumat noqonuniy hisoblanar edi. Shunda Prezident Nikson hokimiyati masalasi siyosiy hokimiyatning qonuniyligi masalasiga aylanar edi. „1958-yilda Livan Prezidenti K.Chamun  (xristian diniga e’tiqod qilgan) yana bir muddat Prezident bo’lish uchun mamlakat konstitutsiyasini o’zgartirishga harakat qildi.Natijada, musulmon olami isyon ko’tardi va Livan hukumatining hokimiyat tepasiga kelganligining qonuniy ekanligi yo’qqa chiqarildi. Bu muammo shunchalik keskinlashib ketdiki, natijada Livan suverenitetiga xavf paydo bo’la boshladi.“  Ko’rib turganingizdek, Livanda hokimiyatning halokati mamlakat suverenitetiga keskin xavf tug’dirdi.AQSH Prezidenti Niksonning haqiqatan ham o’z vaqtida iste’foga chiqishi AQSh uchun juda katta siyosiy ahamiyatga egadir. Men shu o’rinda, davlat suvereniteti,qonuniylik va siyosiy hokimiyatni  “zanjir” deb qiyoslashni lozim deb topdim.
Xulosa shuki, siyosiy hokimiyat davlatning asosi bo’lib, u boshqa hokimiyat turlaridan jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi, ta’sir doirasining kengligi bilan keskin farq qiladi.  Jahon davlatlarida bu hokimiyat davlat tuzilishi,boshqaruv shakli va davlatning ichki va tashqi siyosatda tanlagan yo’liga qarab turlicha amalga oshiriladi.








MUALLIF: QILICHOVA SOHIBA