воскресенье, 14 февраля 2016 г.

"Eng oliy ne'mat Tinchlikni qadriga yetaylik aziz yurtdoshlar"


        Eng oliy ne'mat  tinchlik – bebaho ne’mat. Bugun buni barchamiz dildan his qilib turibmiz. Chunki horij davlatlarida sodir etilayotgan qo’poruvchilik ishlari,  terrorchilarning hunrezliklari necha insonlar yostig’ini quritmoqda.  Bolalarni ota-onalaridan, yaqinlaridan ayirmoqda. Boshpanasiz, och-nahor qolishlariga sabab bo’lmoqda.
         Shukurki, Vatanimizda tinchlik hukmron. Yurtboshimizning oqilona siyosatlari tufayli har bir fuqaro  baxtiyor hayot kechirmoqda.   Ularni qadrlash, qadriga yetmoqlik, o’sib kelayotgan avlodga ham buni tushuntirmoqlik har birimizning burchimizdir.Ularni Vatanparvarlik ruxida vatan tuyg'usini xis etkan holda voyaga yetqizmog'imiz kerak.
Vatan tuyg`usi shunchalar muqaddaski, bu so`zni eshitganingizda qalblarimiz g`urur va iftixorga to`ladi. O`z navbatida “Muqaddas” so`zi – sajdagoh maqomini anglatadi. Davlat madhiyasi shunchalar ta’sirliki, u yangraganda beihtiyor qaddingni roslaysan  va qo`ling ko`ksingga intiladi. Millat bayrog`i shunchalar ulug`vorki, u boshing uzra hilpiraganda osmon sari mag`rur boqasan va ko`zingda yosh qalqiydi. Davlat timsoli shunchalar teranki, unda sening ezguliging va bag`rikengliging in’ikosini sezasan.
          Yurtboshimizning istiqlolni asrash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilish, farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan hartomonlama sog`lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasidagi da’vatlari doimo qalbimizda aks sado berib, bizni yuksak marralar sari chorlab, barcha intilishlarimiz uchun tog`dek tayanch bo`lib turadi.. Ushbu hayajonlar vujudingni kezarkan, demak sen VATANINGNI so`zsiz SEVASAN va SADOQAT bilan xizmat qilasan. Mardlik – elga sadoqat. Bu baxtdir...!    
       “Yagonasan, muqaddas  Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go`zal O`zbekistonim” shiorida hikmat ko`p. Bu shior o`zi uchun yagona, muqaddas va sevgi-muhabbati to`lib toshgan sodiq farzanlarning go`zal ona Vatanga murojati. Darhaqiqat, O`zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning g`oyalari, tashabbuslari va bevosita rahnamoligi ostida 24 yil mobaynida olib borilgan barcha islohotlar, dasturlar, rejalar va sa’y-harakatlarning bosh mezoni-ularning inson hayoti, farovonligi, xavfsizligi va orzu-umidlarini ro`yobga chiqarishga qaratilganligi bo`lib kelmoqda. Biz nimaniki rejalashtirmaylik, nimaniki amalga oshirmaylik, nimagaki intilmaylik-barchasining bosh maqsadi inson va uning bahtli hayotini ta’minlashdan iborat.
          El-yurt ozodligi va obodligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqini o`ziga dasturulamal qilib olgan xalqimiz, o`z milliy, tarixiy, ma’naviy va diniy an’analari, urf-odatlari va e’tiqodlariga sadoqat ila 24 yil mobaynida yangilash va yaratish yo`lidan bormoqda. Davlatimiz, siyosatimiz va islohotlarimizning ilhomchisi, bosh me’mori va rahnamosi hisoblanmish muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov boshchiligida xalqimiz buyuk kelajak yo`lida, hech kimdan kam bo`lmagan, ta’bir joiz bo`lsa mana-man degan buyuk millatlarga ham o`rnak bo`lib, o`zining eng yangi tarixi zarvaraqlariga yangi-yangi yutuqlar va rejalarni oltin harflar bilan yozib kelmoqda. Zero, biz buyuk davlat va millat vorislarimiz, va yanada buyukroq davlat quramiz va bugungi buyuk millatlar qatoridan qayta o`rin olishimiz muqarrardir!
          Mana, yigirma to'rt yildirki, halqimiz buyuk taraqqiyot yo`lidan og`ishmay bormoqda. Mehnatkash va mehmondo`st, saxovatli, bag`ri keng, ma’naviyati yuksak va olijanob xalqimiz o`z oldiga, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida belgilanganidek, demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati barpo etish maqsadini qo`ygan. Bu ulug` maqsad yo`lida barcha sohalarda keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
          Vatanimiz bosib o`tgan 24 yil tarixan juda qisqa bo`lishiga qaramay, uning xalqimiz, millatimiz va davlatimiz taqdirida tutgan o`rni beqiyosdir. Mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo`qki unda mustaqillikning o`rni, ahamiyati va shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo`qki uning hayotida mustaqillikning ijobiy samarasi, uning orzu-umidlarida mustaqillikning ilhomi va kelajak rejalarida mustaqillikning daxli aks etmagan bo`lsa. Binobarin, mustaqillik bugungi tinch va osuda hayotimiz, to`kin va farovon dasturxonimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi. Ushbu g`urur va iftixor tuyg`usi esa uning qo`lga kiritilishi va mustahkamlanishida barchamiz va har birimizning daxldor ekanligimiz bilan yanada teran, yanada ma’nodor va yanada beg`ubordir.
           Ayrim kimsalar borki ular tinchligimizning qadriga yetmay noshukurlik qilishmoqda.Ularning og'zida doim bir gap horijda unaqa, horijda bunaqa  chet davlatlarida qanday voqealar bo'layotganligini televideniya , internet  orqali o'z  ko'zlari bilan ko'rib turibdi lekin ayrim Vatanimiz tinchligini ko'ra olmaydigan g'alamislarning so'zlariga aldanib kindik qoni to'kilib, tug'ulib o'sgan, uni  tarbiya qilib voyaga yetkazgan yurtga nisbatan, xoyinlik qilishmoqda.Bunday insonlarni nima deb atash mumkin?
       O'zga yurtlarda bo'layotgan hodisalardan xulosa chiqarib yurtimiz tinchligi yo'lida barchamiz o'z hissamizni qo'shaylik!

Комментариев нет:

Отправить комментарий